Axborot vositasi: (Sayt) Faqat internet tizimi orqali savdo-hizmat ko'rsatish faoliyati bilan shug'ullanuvchi "www.itsfera.uz" sayti;
Axborot vositachisi: (Admin) Ijtimoiy tarmoqlar orqali o'ziga tegishli gruppa va yoki kanallarda e'lon berish huqiqiga ega bo'lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Axborot vositachisi sanalgan, hamda Saytning vakili vazifasini bajarib, Sotuvchi va Xaridor o'rtasida elektron reklama aylanmasini amalga oshiruvchi O'zbekiston Respublikasida davlat ro'yhatidan o'tgan yuridik shaxs yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va daromadidan soliq to'lanishi belgilangan jismoniy shaxs;
Sotuvchi: Xaridorlar buyurtmasiga binoan tovarni "www.itsfera.uz" Vositachi internet platformasi orqali masofadan turib sotuvchi hamda tovarni kelgusida Xaridorga yuboruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
Xaridor (Mijoz): O'zbekiston Respublikasida davlat ro'yhatidan o'gan yuridik shaxs yoki O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi, muomalaga layoqatli 18 yoshga to'lgan jismoniy shaxs;
Ofert?: Sotuvchining ma'lum shaxslar doirasiga qarata tovarlarni masofadan turib (distantsion) xarid qilish to'risidagi chakana savdo shartnomasini (kelgusida - Shartnoma) tuzish haqidagi ommaviy taklifi. Bunda Shartnoma mazkur hujjatdagi va Sotuvchining saytidagi shartlari hamda internet-do'kon (www.itsfera.uz) shartlari asosida tuziladi;
Aksept: Xaridor tomonidan mazkur Ofertaning (Shartnoma) shartlariga to'liq va so'zsiz rozi ekanligi va qabul qilishi
Masofadan turib(distantsion) xarid qilish to'g'risidagi chakana savdo shartnomasi:(kelgusida Shartnoma) Xaridor Sotuvchi tomonidan taklif qilingan, Internet-do'konlarda sotiladigan Tovar tavsifi bilan tanishib chiqqanidan so'ng tuziladigan, hamda Xaridor tomonidan to'gridan-to'gri ushbu Tovar bilan tanishib chiqish imkonini bermaydigan chakana savdo shartnomasi.
Shartnoma tomonlari: Axborot vositasi (Sayt) /Axborot vositachisi(Admin) /Sotuvchi /Xaridor.
Buyurtma - Xaridor tomonidan tanlangan Tovar, uning narxi, yetkazib berish manzili, Xaridorning ismi-sharifi yoki nomi, uning kontakt aloqa raqamlari va mazkur hujjat bilan belgilangan shakldagi boshqa ma'lumotlarni o'zida mujassamlantirgan elektron hujjat.
Tovar(tovarlar) Internet do'konlar tomonidan sotuvga qo'yiladigan va Xaridorning buyurtmasiga binoan Sotuvchi tomonidan masofadan turib(distantsion) sotib olinadigan va Xaridorga jo'natiladigan tovarlar.